Qanday yordam bera olamiz?
Xarid, sotuv va to'lov haqidagi savollarga javoblar. Savolingizni yozing yoki mavzuni tanlang.
18 ta savol
Xaridorlar uchun
Loyihani qanday sotib olaman?
E'lon sahifasidagi «Sotib olish» tugmasini bosing, Click yoki Payme'ni tanlang va to'lovni tasdiqlang. To'lovdan so'ng arxiv «Kutubxona» bo'limida darhol ochiladi — kutish shart emas.
To'lovdan oldin tekshirib ko'rsam bo'ladimi?
Ha. Ko'p e'lonlarda jonli demo havolasi yoki video bor; fayl daraxti, texnologiyalar ro'yxati va talablar esa har bir e'londa ko'rsatiladi. Qo'shimcha savolingiz bo'lsa, e'lon sahifasidagi «Savol berish» orqali sotuvchiga yozing — javob barchaga ko'rinadi.
Arxivni necha marta yuklab olaman?
Litsenziya muddatsiz, lekin bir kunda 20 martagacha yuklab olish mumkin. Bu cheklov havolani boshqalarga ulashishdan saqlaydi.
Yangilanishlar pullikmi?
Yo'q. Sotuvchi yangi versiya chiqarsa, u sizning kutubxonangizda o'zi paydo bo'ladi va o'zgarishlar ro'yxati bilan birga keladi.
Pulni qaytarish mumkinmi?
Ha, agar muammo loyihaning o'zida bo'lsa: ishlamasa, tavsifga mos kelmasa, fayllari yetishmasa yoki xavfsizlik zaifligi bo'lsa. To'lovdan keyin 7 kun ichida kutubxonadan nizo oching. Sotuvchi pulni qaytarishi, 5 kun ichida tuzatishi yoki e'tiroz bildirishi mumkin; kelisha olmasangiz, admin qaror qiladi. Fikringiz o'zgargani, ishlatishga tajriba yetmagani yoki loyiha kutganingizdek chiqmagani pulni qaytarish uchun asos emas. Arxivni hali yuklab olmagan bo'lsangiz, sababsiz ham so'rashingiz mumkin.
Litsenziya nimani beradi?
Bitta loyiha uchun eksklyuziv bo'lmagan foydalanish huquqi: kodni o'zingizning yoki buyurtmachingizning bitta mahsulotida ishlatishingiz va o'zgartirishingiz mumkin. Kodni qayta sotish, boshqa bozorga joylash yoki shablon sifatida tarqatish taqiqlanadi.
Sotuvchilar uchun
Qanday sotuvchi bo'laman?
Telefon raqamingizni tasdiqlang, «Sotuvchi bo'lish»ni bosing va do'kon nomini kiriting. Shundan keyin birinchi loyihani yuklashingiz mumkin — ro'yxatdan o'tish bepul.
Loyiha joylash uchun nima kerak?
Ishlaydigan loyiha ZIP arxivi, jonli demo havolasi yoki video, kamida bitta skrinshot va rost tavsif. Demo ishlamasa, loyiha moderatsiyadan o'tmaydi.
Komissiya qancha?
Joylash va saqlash bepul. Har bir sotuvdan platforma 15% oladi, qolgan summa balansingizga tushadi. Oylik to'lov yoki yashirin to'lovlar yo'q.
Pulni qachon yechib olaman?
Sotuvdan keyin ulushingiz 7 kun ushlanadi — bu xaridorning nizo ochish muddati. Nizo ochilsa, o'sha sotuvning puli nizo hal bo'lguncha ushlab turiladi. Keyin balansdan 50 000 so'm dan boshlab karta raqamingizga so'rov yuborishingiz mumkin.
Moderatsiya qancha davom etadi?
Odatda bir ish kuni. Rad etilsa, aniq sabab yoziladi: tuzatib qayta yuborishingiz mumkin, qayta yuborish soni cheklanmagan.
Nima taqiqlangan?
Boshqaning kodini o'z nomidan sotish, litsenziya shartlarini buzish, zararli kod va backdoor, buyurtmachining maxfiy ma'lumotlari yoki kalitlari qolgan arxivlar, ishlamaydigan demo va tavsifga mos kelmaydigan mahsulot. Qoidabuzarlik sotuvchi hisobini to'xtatishga olib keladi.
To'lov va hisob
Qanday to'lov usullari bor?
Click va Payme. Ikkisi ham platforma hisobiga tushadi — sotuvchiga to'g'ridan-to'g'ri o'tkazma yo'q, shuning uchun nizo bo'lsa pulni qaytarish mumkin.
Chek yoki kvitansiya olsam bo'ladimi?
Ha. Har bir xarid uchun «To'lovlar» bo'limida chop etishga tayyor kvitansiya bor: buyurtma raqami, mahsulot, summa va sana bilan.
Buyurtmani to'lamasam nima bo'ladi?
To'lanmagan buyurtma 30 daqiqadan keyin o'zi bekor qilinadi. Mahsulot bandlanmaydi — keyin yangi buyurtma yaratishingiz mumkin.
Qanday kiraman? Har safar SMS keladimi?
Yo'q. Telefon raqam yoki email va parol bilan kirasiz — SMS kod faqat ro'yxatdan o'tishda raqamni bir marta tasdiqlash uchun keladi. Google orqali ham kirish mumkin. Avval SMS kod bilan kirgan bo'lsangiz, «Parolni unutdingizmi?» orqali parol o'rnating.
Parolni unutsam-chi?
Kirish sahifasida «Parolni unutdingizmi?»ni bosing va telefon raqam yoki emailingizni kiriting: raqamga kod, emailga havola keladi. Ikkalasiga ham kira olmasangiz, aloqa sahifasi orqali yozing.
Akkauntni o'chirsam, xaridlarim qoladimi?
Akkauntni o'chirish uchun aloqa sahifasi orqali murojaat qiling. Litsenziya yozuvlari qonuniy talablarga ko'ra saqlanadi, profil ma'lumotlari esa o'chiriladi — shundan keyin arxivni yuklab olish imkoni qolmaydi.
Hali savolingiz qoldimi?
Telegram yoki e-pochta orqali yozing — ish kunlari ichida javob beramiz.