Platforma haqida
kmarket.uz — dasturchilar tayyor loyihalarini sotadigan, xaridorlar esa noldan boshlamasdan ishlaydigan mahsulot oladigan bozor.
Mundarija
01Nima sotiladi
Platformada faqat dasturiy mahsulotlar bor: veb-saytlar, Telegram botlar, mobil ilovalar, admin panellar va CRM tizimlari, skriptlar va API'lar, UI-kitlar va shablonlar.
Har bir e'lon ortida manba kodi turadi. Xaridor to'lovdan keyin arxivni darhol yuklab oladi va sotuvchi chiqargan keyingi yangilanishlarni ham oladi — qo'shimcha to'lovsiz.
Har bir loyiha kategoriya va texnologiyalar bilan belgilanadi, shuning uchun o'zingizga tanish stack'ni filtrdan topish bir necha soniyada bo'ladi.
02Moderatsiya qanday ishlaydi
Hech bir loyiha avtomatik nashr etilmaydi. Sotuvchi arxiv, demo havolasi va skrinshotlarni yuklaydi; tizim arxivni ochib fayl daraxtini tuzadi, hajmni hisoblaydi va shubhali fayllarni belgilaydi; moderator esa demo ishlashini, tavsifning haqiqatga mosligini va litsenziya huquqlarini tekshiradi.
Yangilanish ham xuddi shu yo'ldan o'tadi: har bir yangi versiya alohida tekshiriladi, xaridor esa versiyalar tarixini e'lon sahifasida ko'rib turadi.
Rad etilgan loyiha sababi bilan sotuvchiga qaytariladi — tuzatib qayta yuborish mumkin.
03Pul qanday himoyalanadi
To'lov Click yoki Payme orqali platforma hisobiga tushadi, sotuvchiga to'g'ridan-to'g'ri emas. Fayl faqat to'lov tasdiqlangandan keyin ochiladi.
Sotuvchining ulushi darhol emas, 7 kundan keyin yechib olish uchun ochiladi. Shu muddat ichida xaridor nizo ochishi mumkin; nizo ochiq turgan sotuvning puli u hal bo'lguncha ushlab turiladi.
Pul faqat loyihaning o'zida muammo bo'lsa qaytariladi: ishlamasa, tavsifga mos kelmasa, fayllari yetishmasa yoki xavfsizlik zaifligi bo'lsa. Avval sotuvchi tuzatishga harakat qiladi; kelisha olmasalar, platforma admini qaror chiqaradi.
04Kim turadi ortida
kmarket.uz mahalliy dasturchilar jamoasi tomonidan yuritiladi. Biz bozorni o'zimiz ham ishlatamiz: platformadagi qoidalar «qulay bo'lsa edi» degan taxmindan emas, haqiqiy sotuv va nizolardan kelib chiqib yozilgan.
Savollar, shikoyatlar va hamkorlik taklifi uchun aloqa sahifasi bor. Har bir murojaatga odam javob beradi.
KMarket raqamlarda
- 1Nashr qilingan loyiha
- 1Faol sotuvchi
- 1Muvaffaqiyatli xarid
- 1Yuklab olingan arxiv
- 5,0O'rtacha baho1 ta sharh asosida