Sotuvchilar uchun
Loyihangizni bir marta joylang, ko'p marta soting
kmarket'da tayyor loyihalar sotiladi: veb-saytlar, Telegram botlar, mobil ilovalar, admin panellar. Siz kod va demoni berasiz — biz moderatsiya, to'lov va yetkazishni qilamiz.
Savollaringiz bormi? Sotuvchilar uchun yordam va ommaviy oferta bilan tanishing.
Qanday ishlaydi
- 01
Loyihani yuklang
ZIP arxiv, demo havola, skrinshotlar va tavsif. Besh qadam, taxminan 15 daqiqa.
- 02
Moderatsiya
Odatda bir ish kuni. Rad etilsa, sababi aniq yoziladi — tuzatib qayta yuborasiz.
- 03
Sotuv
Xaridor Click yoki Payme orqali to'laydi, arxiv to'lovdan keyin ochiladi. Sizdan hech narsa talab qilinmaydi.
- 04
Pul — balansga
Ulushingiz 7 kun ushlab turiladi, keyin kartangizga yechib olasiz.
Nima kerak
- Tasdiqlangan telefon raqam
- Ishlaydigan loyiha ZIP arxivi
- Jonli demo havolasi yoki video
- Kamida bitta skrinshot
Xavfsiz va halol savdo
Har loyiha tekshiriladi
Katalogga faqat ishlaydigan demo va to'liq tavsifli loyihalar chiqadi.
To'lov platforma orqali
Xaridor Click yoki Payme orqali to'laydi, fayl faqat to'lovdan keyin ochiladi.
Nizolar qoida bo'yicha
Xaridor 7 kun ichida nizo ochishi mumkin. Siz tuzatasiz yoki javob berasiz, kelishilmasa admin hal qiladi.
Sotuvchilar ko'p so'raydigan savollar
Joylash qancha turadi?
Bepul. Platforma faqat sotuvdan komissiya oladi — oylik to'lov yoki boshqa yig'im yo'q.
Pulni qachon olaman?
Har sotuvdan ulushingiz 7 kun ushlab turiladi — bu xaridor nizo ochishi mumkin bo'lgan muddat. Keyin 50 000 so'm dan boshlab kartangizga yechib olasiz.
Moderatsiya qancha vaqt oladi?
Odatda bir ish kuni. Rad etilsa, sababi yoziladi: tuzatib yana yuborasiz, necha marta kerak bo'lsa.
Loyihani yangilasam, xaridorlar nima oladi?
Yangi versiyani yuklaysiz, u moderatsiyadan o'tadi va xaridorlar kutubxonasida o'zgarishlar ro'yxati bilan o'zi paydo bo'ladi. Qayta to'lov yo'q.
Nimani sotish mumkin emas?
Birovning kodini o'zingizniki deb, litsenziya shartlarini buzib, zararli kod yoki backdoor bilan, mijozning kalitlari qolgan arxivni, ishlamaydigan demo bilan yoki tavsifga mos kelmaydigan loyihani. Qoidalar buzilsa, sotuvchi hisobi to'xtatiladi.
Birinchi loyihangizni bugun joylang
Ro'yxatdan o'tish bepul, moderatsiya — bir ish kuni, komissiya — faqat sotuvdan.
Savollaringiz bormi? Sotuvchilar uchun yordam va ommaviy oferta bilan tanishing.